Temurbeklar maktabi "masalasi" bu yil ko'tarilmaydi
Imtiyozga ega abituriyentlar uchun endilikda qo'shimcha kvotalar ajratiladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Temurbeklar maktabi "masalasi" bu yil ko'tarilmaydi
Imtiyozga ega abituriyentlar uchun endilikda qo'shimcha kvotalar ajratiladi.
Temurbeklar maktabi o'quvchilari uchun ham alohida kvota
Prezident imzolagan farmoyishga binoan, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.
Endi kvotalarda muammo bo'lmaydi
Endilikda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar o‘tish bali uchun yetarli ball to‘play olsa, unda ular uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi.
Bunda oldindan qo‘shimcha kvota soni ma’lum qilinmaydi, chunki necha nafar bitiruvchi o‘qishga kira olishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Mandatdan keyin imtiyozlilarga nechta grant yoki nechta kontrakt ajratilishi aniq bo‘ladi.
Eng muhimi, har yili turli muhokama va noroziliklarga sabab bo'luvchi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqalarga xalaqit bermaydi.



