$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Temu rostdan ham ishga taklif qilyaptimi?

temu

Xitoyning arzon tovarlar onlayn-bozori Temu o‘zbekistonliklar orasidagi ommaviyligidan firibgarlar yangi hiyla sifatida foydalanmoqda.

Nima sodir bo‘lmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida hozirda Temu onlayn-do‘koniga 1-6 soatlik ish uchun 300 000 so‘mdan 2 200 000 so‘mgacha maosh bilan xodimlar yollayotgani haqidagi soxta xabar faol tarqalmoqda. Ko‘plab o‘zbekistonliklar arzimas maoshga ishlashga majbur bo‘lganliklari sababli bu aldovga uchmoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazining ma’lum qilishicha, bu xabar soxta. Firibgarlarning maqsadi shaxsiy ma’lumotlaringiz va pulingizni qo‘lga kiritishdir.

Sxema qanday ishlaydi?

1. Firibgarlar “dastlabki suhbat”dan o‘tishni taklif qilib, tarjimayi holingizni va hujjatlaringiz nusxalarini yuborishni so‘rashadi.

2. So‘ngra ular sizni ishga qabul qilinganingiz haqida xabar berib, go‘yo ish haqi o‘tkaziladigan plastik kartangiz ma’lumotlarini talab qilishadi.

3. Firibgarlar kartangizga kirib pulingizni o‘g‘irlashlari va hujjatlaringizdan boshqa jinoiy sxemalarda foydalanishlari mumkin.

Aldovdan qanday qochish mumkin?

·      Hujjatlaringiz va karta ma’lumotlarini hech qachon notanish shaxslar yoki tashkilotlarga yubormang.

·      Ish beruvchi haqidagi ma’lumotlarni doimo rasmiy manbalar orqali tekshiring.

·      Agar biror narsa haqiqatdan ham yaxshi ko‘rinsa (masalan, qisqa vaqt ichida oson pul topish), bu ehtimol firibgarlikdir.

Aldovning qurboni bo‘lsa, nima qilish kerak?

Kiberxavfsizlik markazi biror bir shaxs agar shunday vaziyatga duch kelsa, darhol 102 yoki 1102 qisqa raqamlariga murojaat qilishni so‘ramoqda.

“Esda tuting: tekinga faqat sichqonqopqonda pishloq bo‘ladi. Firibgarlarning ishonchingizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang”, – deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat