$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Yangi ochiladigan “Futbol TV” telekanali qaysi chempionat o‘yinlarini namoyish etadi?

Futbol TV

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida “Futbol TV” telekanalining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Kanal ochilishga bag‘ishlangan marosim

2025-yilning 1-yanvaridan boshlab yangi “Futbol TV” telekanali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Futbolga ixtisoslashgan telekanal O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshida tashkil etiladi va 2025-yilning 1-yanvar kunidan efir yuzini ko‘rishi rejalashtirilgan. Telekanalining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda telekanal bosh direktori Zohid Karimov, o‘zbekistonlik taniqli murabbiylar Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov, Ravshan Haydarov, Temur Kapadze, “Sport” telekanali sharhlovchi va jurnalistlari hamda bir qator rasmiylar ishtirok etishgan.

Telekanal dasturi qanday bo‘ladi

Ma’lum bo‘lishicha, to‘liq futbolga ixtisoslashgan telekanal 2025-yilning 1-yanvar kunidan boshlab “Foreign Language” telekanali o‘rnida faoliyat yuritadi. Telekanal hozircha Osiyo futboliga bog‘liq klublar va milliy jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlar, Superliga-2025 o‘yinlarini keng tarzda namoyish etishni rejalashtirgan. Telekanal Pro liga-2025 va Futzal bo‘yicha Oliy liga o‘yinlarini ham yoritishni maqsad qilgan. Shuningdek, “Sport” telekanalidagi bir qator futbolga oid ko‘rsatuvlar “Futbol TV” telekanaliga ko‘chiriladi. “Futbol TV” telekanali direktori Zohid Karimovning Tribuna.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, MTRK translyatsiya huquqini qo‘lga kiritish uchun Yevropaning bir qator ligalari bilan muzokara olib bormoqda.

O‘zbekistonda “Zo‘rTV” kanali Chempionlar ligasi va La Liganing markaziy uchrashuvlarini translyatsiya qilayotgan bo‘lsa, Angliya Premer-ligasi, A Seriya, Bundesliga va Fransiya chempionati bahslari bepul namoyish etiladigan telekanallar tomonidan sotib olinmagan. Ma’lumot uchun, bungacha 2017-yildan 2022-yilgacha “UzReport” telekanali qoshida “Futbol TV” telekanali faoliyat olib borgandi. Shu nomdagi yangi telekanal esa O‘zMTRK qoshida faoliyat yuritishi belgilangan.

Теги :
Jamiyat