Telegram pulli xizmatlarni yo‘lga qo‘ya boshladi
Katta yangilanishdan keyin telegram tarmog‘ida pulli media va reaksiyalar yo‘lga qo‘yildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Katta yangilanishdan keyin telegram tarmog‘ida pulli media va reaksiyalar yo‘lga qo‘yildi.
“Telegram Stars”
Iyun oyida Telegram xizmati o‘zining valyutasi - “Telegram Stars”ni taqdim etgandi. U orqali ushbu tarmoqdan turli narsalarni xarid qilish mumkin. Xususan, shu oyning boshidagi ulkan yangilanishdan keyin ba’zi bir medialarni ham. Endilikda kanal mualliflari kanaliga rasm yoki videoni tashlab, bu orqali pul o‘rniga yulduzchalarni olishadi.
Pulli reaksiya xizmati
Xuddi shunday endilikda reaksiyalar ham pulli bo‘lishni boshlaydi va mediadagi kabi narxlar yulduzchalar bilan to‘lanadi. Bu narxlardan bittadan yuztagacha yulduzcha bilan belgilanadi hamda eng ko‘p yulduzcha to‘lagan uch kishining nomi chiqib turadi. Ushbu yulduzlarni esa keyinchalik “Toncoin” kriptovalyutasiga almashtirish mumkin bo‘ladi. Bunday reaksiyaga ega bo‘lish uchun esa kanal muallifi bir necha shartlarni bajarishi kerak, ammo bular hali to‘liq ochiqlanmadi.
Yulduzchalarni qanday sarflash mumkin?
Dastlab, kanallardagi pulli xizmatlardan foydalanish uchun yulduzchalarni olish kerak, ularni “PremiumBot” orqali sotib olish mumkin. Sarflashga esa ancha imkoniyatlar kengroq. Xususan, bunga turli raqamli mahsulotlar, elektron kitoblar, onlayn kurslar va Telegram ichidagi onlayn o‘yinlarni ham sotib olish mumkin.



