Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Pavel Durov yana MDH davlatlari uchun Telegramdagi monetizatsiyani yopib qo‘ydi

Durovning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida Telegram reklama platformasi deyarli 100 ga yaqin yangi mamlakatda ishga tushgan edi.

1 daqiqa o‘qiladi

toncoin coin ton

Ilovadan monetizatsiya bo‘limi olib tashlangan.

Bu nima degani?

2024-yilning mart oyidan boshlab Telegram kanallari egalari mehnatlari uchun moliyaviy mukofotlar olishni boshlashi haqida messenjer asoschisi Pavel Durov xabar bergan edi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida Telegram reklama platformasi deyarli 100 ga yaqin yangi mamlakatda ishga tushadi. Telegram kanallarda reklama ko‘rsatish orqali topgan daromadining 50 foizini kanal egalariga taqdim etadi.

Telegram TON texnologiyasidan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshiradi, kanal egalari esa Toncoin kriptovalyutasi ko‘rinishida pul oladi. Kontent yaratuvchilar uni naqd qilishi yoki kanallarini yuritish va modernizatsiya qilish uchun ularni qayta investitsiya qila olishi mumkin.

Telegram kanallari har oy jami bir trillion ko‘rishlar soniga ega bo‘ladi. Hozirda buning atigi 10 foizi Telegram reklama platformasi yordamida monetizatsiya qilinadi.

Shunga o‘xshash holatlar

2018-yili mart oyida Telegram tarmog‘i uzilishi natijasida modernizatsiya ishlari olib borilgan edi va bu noqulayliklar uchun Telegram asoschisi Pavel Durov tarmoq foydalanuvchilaridan uzr so‘ragan edi.