O‘zbekistonga 2024-yilda nechta telefon import qilingan?
Yil davomida eng ko‘p Xitoy davlatidan telefonlar olib kirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu haqida statistika agentligi ma’lumotlari e’lon qilindi.
6 oyda 1,8 mln. dona
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 171,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,8 mln. dona mobil telefon import qilingan.
Eng ko‘p import qilgan davlat
O‘zbekiston 2024-yilning 6 oyida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 1,5 mln dona
— Vetnam – 288,8 ming dona
— Hindiston – 42,8 ming dona
— Gonkong – 16,8 ming dona.
O‘tgan yillardagi holat
O‘zbekistonga 2023-yilda xorijdan qiymati 240,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,4 mln. dona mobil telefon import qilingan. Bu raqamlar 2022-yilda 2,9 million donani tashkil etgan.
2022-yilgi statistikada eng ko‘p telefon import qilgan davlatlar ichida BAA ham bo‘lgan. Ammo 2023-yildan "kuchli uchlik"ni bu davlat tark etgan.



