$
 12768.26
-62.87
 14400.04
-142.76
 162.63
1.56
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIGʻILISHINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI XABAR

r1

“TBC DIGITAL” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

“TBC DIGITAL” aksiyadorlik jamiyati TBC Bank Group PLC kompaniyasi aksiyadorining 2025-yil 30-maydagi talabiga muvofiq Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi 2025-yil 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 16-30 da o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 

KUN TARTIBI:

1.     Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibini (reglamentini) tasdiqlash.

2.     Jamiyatning Hisob komissiyasi a’zolarining soni va shaxsiy tarkibini nomuayyan muddatga tasdiqlash. 

3.     Jamiyatning 2024-yil uchun yillik hisoboti va MHXS hisobotini tasdiqlash.

4.     Jamiyat Bosh direktorining hisobotini tasdiqlash. 

5.     Jamiyat Kuzatuv Kengash a’zolarining sonini belgilash.

6.     Jamiyat Kuzatuv Kengashi a’zolarini saylash.

7.     Jamiyat Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.

8.     “TBC Digital” AJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “TBC Digital” AJ Kuzatuv Kengashi to‘g‘risida”gi, “TBC Digital” AJ direktori to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash.

Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy 

Elektron pochta manzili: nikoloz.k@tbcbank.uz

Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy.                       

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2025-yil 23-iyun kuni, Toshkent vaqti bilan soat 15:30 dan 16:30 gacha, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy. 

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador-yuridik shaxs tomonidan o‘z vakili orqali amalga oshiriladi.

Aksiyador istalgan vaqtda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida oʻz vakilini almashtirishga haqli.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador-yuridik shaxsning vakili oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish uchun byulletenlar yordamida amalga oshiriladi.

Boshqa ma’lumotlar:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 2025 yil 17 iyun holatiga koʻra shakllantiriladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishib chiqish mumkin: nikoloz.k@tbcbank.uz

Ma’lumot uchun telefon: (97) 763 33 09