$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

So‘nggi 3 yilda 1,8 mingdan ortiq ayol tazyiq va zo‘ravonlik qurboniga aylandi

tazyiq

Bosh prokuraturaning Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmasi tomonidan tazyiq va zoʻravonlik hamda jinsiy jinoyatlar oqibatida jabr koʻrganlarga (voyaga etmaganlar va xotin-qizlar) yetkazilgan ma'naviy zararlarni aybdor shaxslardan undirish bilan bogʻliq holatlar tahlil qilindi.

Ma’naviy zarar miqdori

Aniqlanishicha, Respublikada 2022-2023 yil va joriy yilning oʻtgan davrida jinoyat natijasida tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar soni 1 ming 831 tani tashkil etgan.

Fuqarolik kodeksiga koʻra, ma'naviy zarar uni yetkazishda aybdor boʻlgan shaxsdan undiriladi va ma'naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma'naviy azoblarning xususiyati, shuningdek, ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab belgilanadi.

3,8 milliard soʻmlik da’vo arizasi

Prokurorlar tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar manfaatida jinoyat natijasida yetkazilgan ma'naviy zararlarni aybdor shaxslardan undirish haqida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga jami 3,8 milliard soʻmlik 74 ta da'vo arizasi kiritilgan. 

“Tazyiq va zoʻravonlik hamda jinsiy jinoyatlar oqibatida jabr koʻrgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish doimiy nazoratda”, - deydi bosh prokuratura axborot xizmati

Теги :
Jamiyat