$
 12210.71
15.21
 14036.21
-13.01
 150.36
0.65
weather
+26
Кечаси   +14°

Vashingtonda noodatiy yodgorlik Tramp sharafiga oltin unitazli “taxt” o‘rnatildi

Vashingtondagi Milliy xiyobonda g‘ayrioddiy haykal paydo bo‘ldi. U Donald Trampni tanqid qiluvchi ramziy yodgorlik bo‘lib, ko‘rinishi ham ancha noodatiy. Marmar va oltin rangda bezatilgan ulkan taxtga oddiy o‘rindiq o‘rniga unitaz o‘rnatilgan. 

Xo‘sh, bu noodatiy haykal nimani anglatadi?

Oltin unitazli taxtning ma’nosi

O‘rnatilgan haykal marmar va oltin ko‘rinishida bezatilgan bo‘lib, undagi yozuvda “Qirolga munosib taxt” degan jumla bor. Haykal mualliflari shu orqali Trampni tanqid qilmoqchi bo‘lgan. Ular mamlakatda ichki kelishmovchiliklar va iqtisodiy muammolar kuchayib turgan paytda prezident Oq uydagi ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratayotganini kinoya bilan ko‘rsatgan.

Oq uydagi ta’mirlash ishlari 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp 2025-yilda yana prezidentlikka qaytgach, Oq uyda bir qator o‘zgarishlar boshlagan. U Linkoln yotoqxonasi yonidagi hammomni yangilagan, Oval kabinetga ko‘plab oltin bezaklar qo‘shgan. Shuningdek, bal uchun zal qurishga Oq uyning Sharqiy qanotini buzdirgan va Kennedi san’at markazini ham qayta qurishni rejalashtirgan.

Oq uy matbuot kotibi esa Trampni himoya qilib, prezident poytaxtni yanada chiroyli qilishga harakat qilayotganini aytgan. Haykal yonida yana bir qiziq detal ham bor — ustiga “The Secret Handshake” deb yozilgan hojatxona qog‘ozi. Ushbu guruh avvalroq Tramp va Jeffri Epshteyn tasvirlangan haykal bilan e’tibor qozongan edi.