$
 12844.00
18.99
 13550.42
-1.77
 128.30
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” transport xizmati yo‘lga qo‘yildi

ijtimoiy taksi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahrida “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasi ishga tushirildi.

Ijtimoiy taksi xizmatiga qanday buyurtma beriladi?

Xizmatdan foydalanish Yandex Go ilovasi orqali amalga oshiriladi. Mazkur ilovada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya Yandex Go ilovasida alohida ekranda mavjud. Ularni har qanday tarifda manzilga yetib olish uchun tanlash mumkin (Start, Komfort yoki Komfort+). Barcha tariflarda xizmat narxlari o‘zgarmaydi. 

Haydovchi uchun yo‘riqnoma

Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi, masalan:

• mashina topishga yordam bering manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga oʻtirishga yordam beruvchi izoh koʻrinadi;

• eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi;

• “nogironlik aravachasidaman” bu funksiya tanlangan boʻlsa, haydovchida “nogironlar aravachasida boʻlaman, mashinaga oʻtirishda yordam, boʻsh yukxona kerak” izohi koʻrinadi.

Haydovchilar maxsus o‘qitiladi

“Ijtimoiy taksi” xizmati haydovchilarni nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot qilish bo‘yicha o‘qitadi va maxsus ehtiyojlar uchun ko‘rsatmalar beradi. Foydalanuvchilar arzon narx va qulay sharoitlarni yuqori baholashmoqda.