$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktablar qoshida “Jasorat maktablari” tashkil etiladi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab, “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan va “Vatan tayanchi” otryadining a’zosi bo‘lgan o‘quvchilarga oliy harbiy, harbiylashtirilgan yoki yuridik ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.Mazkur qaror Prezidentning “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi (PQ-393-son, 15.11.2024) qarori asosida amalga oshirilmoqda. 

“Jasorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati tashkil etiladi. Ushbu maktablar yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Maxsus dastur va chuqurlashtirilgan fanlar

“Jasorat maktablari”da matematika, ChQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili va fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. O‘quvchilarni saralash 5-sinfdan boshlanadi va ularga qo‘shimcha ravishda quyidagi sohalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi:

 • Robototexnika va kelajak o‘yinlari;

 • Tibbiy tayyorgarlik va huquqiy savodxonlik;

 • Milliy sport o‘yinlari.

Amaliy mashg‘ulotlar va vatanparvarlik ruhida tarbiya

O‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun “Turon” maktab teatri tanlovi muntazam o‘tkazib boriladi.

Imtiyozli tavsiyanoma berish tartibi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab, “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan va “Vatan tayanchi” otryadining a’zosi bo‘lgan o‘quvchilarga oliy harbiy, harbiylashtirilgan yoki yuridik ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.