$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi laboratoriyada fuqaroga noto‘g‘ri xulosa taqdim etilgani aniqlandi

laborotoriya

Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatsizligi yuzasidan fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Noto‘g‘ri laboratoriya xulosasi tufayli bemor 2 marta qayta tekshiruvdan o‘tgan

Keltirilishicha, murojaatlardan birida fuqaro V.Ch. klinik laborator tekshiruv natijalaridan qoniqmagan. Xususan, fuqaro Toshkent shahrida joylashgan “SWISS LAB” MCHJning Chilonzor tumani filialida 15 turdagi laboratoriya tekshiruvidan o‘tish maqsadida 698 000 so‘m miqdordagi to‘lovni amalga oshirgan. Tahlil natijalari uning kreatinin va mochevina ko‘rsatkichlari yuqori ekanini ko‘rsatgan. Natijadan shubhalangan fuqaro boshqa tibbiy muassasalarda qayta tahlil topshirgan va me’yordagi ko‘rsatkichlarni aniqlagan.

Tahlillar orasidagi farq laboratoriyada qon olish jarayonida xato qilinganini ko‘rsatgan. “SWISS LAB”da preanalitik bosqichda qon oluvchi xodim probirkalarni noto‘g‘ri markirovka qilgani aniqlandi.

Iste’molchi haqlimi?

Fuqaro V.Ch. noto‘g‘ri xulosa uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarishni talab qilgan, biroq “SWISS LAB” bu talabni qondirishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng masala “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun buzilganlik ehtimoli bilan Qo‘mitaga oshirildi.

Sud qarori

Raqobat qo‘mitasining Maxsus komissiyasi “SWISS LAB”ga nisbatan ish qo‘zg‘atib, qonunning 6 va 20-moddalari buzilganini aniqladi. Labaratoriyaga huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ammo “SWISS LAB” MCHJ qarorni sudga olib chiqdi. Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi mazkur shikoyatni ko‘rib chiqib, “SWISS LAB”ning arizasini rad etdi. Shunday qilib, sud qarori bilan laboratoriya iste’molchi oldidagi majburiyatlarini bajarishi shart deb topildi.

Теги :
Jamiyat