$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Putin O'zbekistonga qay maqsadda kelmoqda?

Putin

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 26—27-may kunlari O‘zbekistonda bo'lishni rejalashtirgan. Ushbu ma’lumot Rossiya tomonidan tasdiqlandi

Prezidentlar qay manzillarga boradi

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning maʼlum qilishicha, tashrif davomida qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan. Biroq ular aynan qaysi soha yoki yo'nalishga doir hujjat ekanligi ochiqlanmagan.Shuningdek, u Toshkentning Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘iga borib, u yerda Ikkinchi jahon urushi qurbonlarini xotirlaydi. Bundan tashqari, davlat rahbari Hazrati imom majmuasining yonginasida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya milliarderi Alisher Usmonov mablag‘lari hisobiga bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazini borib ko‘rishni ham reja qilgan. 

Tayyorgarlik avjida

Ayni vaqtda butun poytaxt bo‘ylab Putinning tashrifiga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilgan. Putin borishi kerak bo‘lgan manzillarga eltuvchi yo‘llarga asfalt yotqizilib, yo‘l belgilari chizilmoqda, gul va daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markazi atrofidagi uylar ham ta’mirlanmoqda. Avvalroq, poytaxt hokimligi 20-may kuni Toshkent shahridagi keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari doirasida Qorasaroy va Nurafshon ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;

Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan ko‘chalar vaqtincha yopilishi haqida ma’lumot bergandi. 

O'zaro tashriflar tarixi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan. Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor joriy yilning 8—9-may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lgandi. So‘nggi rasmiy tashrifni esa 2023 yilning 5—7-oktyabr kunlari amalga oshirgan. O‘shanda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berilgan. Vladimir Putin esa oxirgi marta O‘zbekistonga 2022-yilning 15-sentyabr kuni kelgandi. 2030-yilgacha taxtni rasmiylashtirgan prezident ilk tashrifni Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgandan so'ng, ikkinchi manzil o‘laroq O‘zbekistonni tanladi.