Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet elliklar soni 2,6 barobarga oshdi
Eng koʻp tashrif buyurganlar orasida Turkmaniston Respublikasi 72 354 nafar bilan yetakchi boʻlib turibdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi ma'lumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 112,8 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 69,7 ming nafarga yoki 2,6 barobarga oshgan.
Mamlakatlar kesimida
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
Turkmaniston — 72 354 nafar
Tojikiston — 31 554 nafar
Afgʻoniston — 2 372 nafar
Turkiya — 1 030 nafar
Xitoy — 982 nafar
Hindiston — 810 nafar
Qirgʻiz Respublikasi — 651 nafar
Janubiy Koreya — 557 nafar
AQSh — 344 nafar
Rossiya — 334 nafar
Boshqa davlatlar — 1 824 nafar.



