Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +8°

Prezident taklifi: Yer, mol-mulk va aylanma soliqlar toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizi tuman va shaharlarning oʻzida qolishi zarur

Shavkat Mirziyoyev majlisda joylarda moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, parlament komissiyasi tashkil etishga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

2 daqiqa o‘qiladi

pul money dengi

Shavkat Mirziyoyev majlisda joylarda moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, parlament komissiyasi tashkil etishga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Deputatlarning investitsiya dasturlaridagi o‘rni oshiriladi

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, joylarda aholi farovonligini oshirish va hududlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtiroki zarur. Masalan, 2024-yilda ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarini qurish, mahallalarni obod qilishga 30 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Biroq davlat rahbari dasturni qabul qilishda deputatlarning ishtiroki va uning ijrosi bo‘yicha hisobdorlikning yetarli emasligi haqida savollar qoldirilayotganini tanqid qildi. Shu sababdan Prezident investisiya dasturlarini tayyorlash va ijrosini nazorat qilishda deputatlarning faol qatnashishi uchun yangi tizim yaratishni taklif qildi.

Hududlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish

Shavkat Mirziyoyev tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish uchun yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini to‘liq, daromad solig‘ining esa kamida 50 foizini hududlarning o‘zida qoldirishni taklif qildi. Bu mahalliy boshqaruv organlariga qo‘shimcha moliyaviy resurslar berib, joylarda ijtimoiy masalalarni tezroq hal etishga yordam beradi.

Jamoaviy tashabbuslar uchun parlament komissiyasi tashkil etiladi

Yangilangan Konstitutsiya doirasida fuqarolar o‘z takliflarini quyi palataga kiritish huquqiga ega ekanligi kafolatlandi. Prezident bu jarayonni yanada kuchaytirish maqsadida Jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasi tashkil etishni taklif qildi. Ushbu komissiya fuqarolarning takliflarini ko‘rib chiqib, ularni qonunchilik tashabbusiga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Parlament diplomatiyasining yangi vazifalari

O‘zbekistonning xalqaro parlamentlararo aloqalaridagi faolligi yuqori baholandi. Parlamentlararo ittifoq, MDH, YeXHT va Shanxay hamkorlik tashkilotlari kabi tuzilmalar bilan aloqalar mustahkamlanib, xalqaro forumlarda mezbonlik qilindi.

Davlat rahbari iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va Jahon savdo tashkiloti qoidalariga mos qonunchilikni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus parlament komissiyalari tashkil etilishini taklif qildi.