Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°

Telekommunikatsiya tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega bo‘ladi

“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Telekommunikatsiya tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega bo‘ladi

27-dekabr kuni hukumatning “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun telekommunikatsiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishi belgilanmoqda.

Telekommunikatsiyalar qanday tarmoqlarga bo‘linadi?

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda bo‘lishi mumkin.  

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega bo‘ladi va qonunda kafolatlangan teng himoyadan foydalanadi. Shuning bilan birga, telekommunikatsiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo‘linadi. 

Aloqa liniyasi esa umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir.  

Provayderlar barcha fuqarolarga universal xizmatlarni cheklanmagan tarzda ko‘rsatadi

Qonunga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir. 

Shuningdek, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni litsenziya doirasida cheklanmagan tarzda ko‘rsatadi. 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.