$
 12865.05
16.67
 13550.76
38.12
 116.73
-3.34
weather
+26
Кечаси   +14°

Farzand tarbiyalashda jismoniy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘rimi?

zo

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va “U-Report” o‘zbek yoshlarining bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka munosabatini so‘rov asosida o‘rgandi. Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, respondentlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (38,7 %) nafaqat jismoniy zo'ravonlik (kaltaklash va boshqalar), balki ruhiy va yuqorida tavsiflangan barcha zo‘ravonlik shakllarini “zo‘ravonlik” deb hisoblaydi.   

Farzandingizni tarbiyalash uchun unga jismoniy jazo chorasini qo‘llashni to‘g‘ri deb hisoblaysizmi? 

Shuningdek, tadqiqotda qatnashchilarga farzandingizni tarbiyalash uchun jismoniy jazo qo‘llashni to‘g‘ri deb hisoblaysizmi, degan savol ham berilgan.

Ularning aksariyati (85,5 %) bolalarga nisbatan jazo sifatida jismoniy kuch ishlatishning turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan. Bular jumlasiga bolaning ruhiy holati, jismoniy salomatligi va yaqinlari bilan munosabatlariga putur yetishi kabilar kiradi. 

Erkaklar va ayollar javobida sezilarli farq mavjud

Berilgan javoblarda erkaklar va ayollar o‘rtasida sezilarli farqlar aniqlangan. Ayollar jismoniy jazoning bolaning ruhiy holatiga salbiy ta’sirini erkaklarga qaraganda ko‘proq ta’kidlagan. 

Bundan tashqari, so‘rovnomada qatnashganlarning 61,3 foizi salbiy omillar orasida ota-ona o‘rtasidagi janjallаr alohida o‘rin egallaydi deb hisoblagan.

Теги :
Jamiyat