$
 12437.15
62.6
 14480.57
55.56
 153.34
0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Dars taqsimoti qaysi mezonlarga asoslanib amalga oshiriladi?

dars taqsimoti maktab

Maktablarda har yili 10-sentyabrgacha barcha fanlar bo‘yicha jami dars soatlari shakllantiriladi. Shakllantirilgan dars soatlari maktabning pedagogik kengashi tomonidan 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentyabrga qadar o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Xo’sh, o‘qituvchilarga dars soatlari qaysi mezonlarga asoslanib taqsimlanadi? O‘qituvchilar yiliga necha stavka ishlashi mumkin? O‘qituvchi o‘zining dars soatini boshqa o‘qituvchiga berishi mumkinmi? Ushbu savollarga huquqshunos Dilmurod Rajaboyev javob berdi.

Dars soatlari o‘qituvchilarning quyidagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra ketma-ketlik asosida taqsimlanadi:

xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

chet tili va STEAM fanlaridan xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori);

TOP-1000 universitetlarni bitirgan o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning respublika g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika g‘oliblari;

respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

1-malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman g‘oliblarining o‘qituvchilari;

2-malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

OTMning pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

O‘qituvchilarning maksimal dars soati qancha?

O‘qituvchilarga yillik bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanmaydi.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

Qanday holatda dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin?

Pedagogik kengash tomonidan taqsimlangan dars soatlari har yili 17 sentyabrgacha maxsus elektron dasturga kiritiladi. Bu sinf sonining ko‘payishi yoki kamayishiga bog’liq. Bu holatda kiritiladigan o‘zgartirishlar tegishli hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari va hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan qayta tasdiqlanishi lozim.

 Tug‘ruq ta’tilidan qaytganlarga necha soat dars beriladi?

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga, ishlovchi pensionerlarga ham dars soatlari yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

 

Теги :
Jamiyat