$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Volgogradda migrantlarga oʻqituvchilik, shifokorlik va savdo bilan shugʻullanish taqiqlandi

Migrant

13-dekabr kuni Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov migrantlarga ishlash man etilgan sohalar ro‘yxatini belgilaydigan qarorni imzoladi. Bu hujjatga e’tiborni “7×7” nashri qaratdi.

Qaysi sohalarda ishlash taqiqlandi?

Qarorga ko‘ra, migrantlarga sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida ishlash, shuningdek, avtobus va taksi haydash, savdo va ovchilik bilan shug‘ullanish hamda kuryerlik qilish taqiqlanadi.

Cheklovlar 18 ta hududda amal qilmoqda

Bir necha kun oldin Saxalin viloyati gubernatori Valeriy Limarenko migrantlarga 24 ta sohada ishlashni taqiqlagan edi. So‘nggi bir oyda shu kabi cheklovlar Saratov va Sverdlovsk viloyatlari, Primorye hamda Yakutiyada ham joriy qilindi. Umumiy hisobda, bunday cheklovlar Rossiyaning kamida 18 ta hududida amal qilmoqda.

Теги :
Jamiyat