$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Bandlik vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan tadbirkorlar uchun tanlov e’lon qildi

Nogironlaraga ish

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tadbirkorlar uchun “Eng yaxshi ish beruvchi” tanloviga arizalar qabul qilmoqda.

Kimlar ishtirok eta oladi?

Unda mamlakatning istalgan tumani (shahar)dan faqat nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar ishtirok etishlari mumkin. Bundan budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar mustasno.

Ish beruvchilardan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash vazirlikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

G‘oliblar qanday taqdirlanadi?

G‘oliblar vazirlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning 100 baravari (37,5 million so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni 20-noyabr soat 18:00gacha Bandlik vazirligining Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 8-uy manziliga yoki info@bv.gov.uz elektron pochtasiga jo‘natish kerak.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etilishlari kerak:

ariza shakli;

davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

tashkilotda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumot;

ish o‘rinlari moslashtirilganligi haqida ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa nusxasi va boshqalar.

Batafsil ma’lumotlarni vazirlikning +99871 203−01−40 (ichki raqam 749) telefon raqami orqali olish mumkin. Ariza shakli bu yerda.

Avvalroq avtobuslar nogironligi bor shaxslarga moslashtirish xarajatlari qoplab berilishi, jarayon Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.