$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda avtobuslarni nogironligi bor shaxslarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

nogiron

2024-yil 1-noyabrdan boshlab avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi. Ushbu jarayon Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

BHMning 30 baravarigacha qoplab beriladi

Ma’lum qilinishicha, nogironligi bor shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha bo‘lgan qismi ijtimoiy himoya Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Kompensatsiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘liq miqdorlarda taqdim etiladi

Shuningdek, avtobuslarni nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qoplash shaklida taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasidan qat’i nazar qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘liq miqdorlarda taqdim etiladi.