24 440 quti noqonuniy tamaki savdosi oldi olindi
Katta miqdordagi noqonuniy tamaki mahsulotlari savdoga chiqishidan avval to'xtatib qolindi.
1 daqiqa o‘qiladi

24 440 quti noqonuniy tamaki savdosi oldi olindi
Katta miqdordagi noqonuniy tamaki mahsulotlari savdoga chiqishidan avval to'xtatib qolindi.
Tezkor tadbir
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o'tkazildi.
Bu tadbirda muqaddam tamaki savdosi bilan shug'ullanib kelgan M.X ismli fuqaro Rayhon ko'chasida qurilishi ta'minlanmagan binoda noqonuniy tamaki mahsulotlarini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
4 turdagi sotuvga chiqishga ulgurmagan tamakilar
Binoda umumiy bahosi 220 million so'mga teng bo'lgan xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 24 440 quti tamaki mahsulotlari savdoga chiqarish maqsadida saqlab kelingan.
Tadbir davomida tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Jinoyat ishi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi, ya'ni, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



