$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli davlat budjeti 390,6 milliard so‘mdan “quruq” qoldi

Tamaki

O‘zbekiston davlat budjeti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli ulkan mablag’larni yo‘qotishda davom etmoqda. 2024-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, noqonuniy tamaki mahsuloti savdosi tufayli davlat budjeti 390,6 mlrd. so‘m soliq tushumlarini boy bergan.

Hududlar kesimida

Buning barobarida, hududlar bo‘yicha tamaki mahsulotlari yashirin bozorining ulushi kattaligicha qolmoqda:

— Farg’ona vodiysida — 21,8 foiz

— Namanganda — 41,6 foiz

— Jizzaxda — 21,8 foiz

— Qarshida — 11 foiz

— Navoiy viloyati tumanlari bo‘yicha — 11,8 foiz

— Olmaliqda — 19,9 foiz

Aslida vaziyat qanday? 

Bu boradagi reyd tadbirlar ortidan savol tug’iladi: Bu kabi noqonuniy holatlar oldin ham bu darajada ko‘pmidi yoki aylanmalar reyd tadbirlariga qaramasdan jadallashib bormoqdami? Bu kabi noqonuniy aylanmalar odatda turar joylarda, savdo nuqtalarida va chegaralarda ko‘p fosh bo‘ladi. Agar, reyd tadbirlari ham foyda bermasdan ushbu aylanmalar jadallashayotgan bo‘lsa, ushbu masalalar jiddiyroq yechimni talab qiladi, ya’ni javobgarlik kuchayishi.

Tamaki masalasida qabul qilingan oxirgi qonunchilik

Iyun oyida “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g’risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan edi.

Farmonga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (Inspeksiya) tashkil etilishi belgilangan.

Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi ham farmonda keltirib o‘tilgan.

Farmonga muvofiq, 1-oktyabrdan qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi lisenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinishi boshlangan. Shu bilan birga, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yildi.

O‘zbekistonda qonuniy faoliyat yuritayotgan tamaki subyektlari

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikamizda 7 ta iste’mol va texnik etil spirti, ishlab chiqaruvchi, 74 ta alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, 15 ta uzumni birlamchi qayta ishlovchi hamda 2 ta tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda 149 ta alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki savdosi kuchayishiga asosiy sabab nima?

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki savdosi kuchayishining asosiy sababi bir nechta omillarga bog‘liq. Eng muhimi, tamaki mahsulotlariga qo‘yilgan yuqori soliqlar va davlat tomonidan joriy etilgan cheklovlardir. Bu cheklovlar tamaki narxlarini oshiradi, bu esa ba’zi iste’molchilarni arzonroq, noqonuniy mahsulotlarni sotib olishga undaydi.

Bundan tashqari, qonuniy bozorning yetarlicha nazorat qilinmasligi va noqonuniy savdoga qarshi samarali kurash choralari yetishmasligi ham bu holatni kuchaytiradi. Mahsulotlarni kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirish va noqonuniy sotuvchilar tarmog’ining kengligi ham bu savdoning ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yana bir omil, iste’molchilarning tamaki mahsulotlariga bo‘lgan doimiy talabi va bu talabni noqonuniy yo‘llar orqali qondirishga bo‘lgan moyillikdir.

Kontrabanda kanallarini yo‘qotish

Noqonuniy aylanmalarning oldini olishning asosiy yechimlaridan biri bu konrabanda kanallarini yo‘qotishdir. O‘zbekistonda kontrabanda kanallarini yo‘qotish uchun bir nechta muhim chora-tadbirlar amalga oshirilishi mumkin:

Chegaralarda nazoratni kuchaytirish: Chegaralar orqali noqonuniy tovarlarni olib kirishni kamaytirish uchun zamonaviy texnologiyalar, masalan, skanerlar, dronlar, va monitoring tizimlari joriy etilishi lozim. Chegara xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni muntazam ravishda o'qitish ham samaradorlikni oshiradi.

Huquqni muhofaza qilish organlarining ko‘magini kuchaytirish: Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlari o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarur. Bu bilan kontrabanda yo‘llarini aniqlash va bartaraf etish osonlashadi. Noqonuniy savdo tarmoqlariga qarshi faoliyati yuqori darajadagi jazo choralari bilan birgalikda mustahkamlanishi kerak.

Soliq va bojxona tizimlarini isloh qilish: Soliqlarni me’yorda ushlab turish hamda qonuniy tamaki savdosi va bojxona nazoratlarini soddalashtirish orqali iste’molchilar noqonuniy mahsulotlardan ko‘ra qonuniy mahsulotlarga ko'proq e’tibor qaratishlari mumkin.

Jamoatchilikni xabardor qilish va ta’lim berish: Kontrabanda va noqonuniy tamaki mahsulotlarining xavfi haqida jamoatchilikni xabardor qilish muhim. Fuqarolarni noqonuniy mahsulotlar iste’molidan ogohlantirish va ularga qonuniy savdo kanallari haqida ma'lumot berish, jamiyatda kontrabanda bilan kurashishda yordam beradi.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: Chegaradosh davlatlar bilan kontrabanda kanallariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Bu xalqaro savdo tarmoqlarining nazoratiga yordam beradi.

Sanksiyalar va jazo choralari: Kontrabanda bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan qattiqroq jazo choralari, shu jumladan moliyaviy jazolar va qamoq jazolari joriy etilishi, noqonuniy faoliyatning jozibadorligini kamaytirishi mumkin.

Теги :
Jamiyat