$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Yana 1,2 mlrd. so‘mlik talon-toroj: ko‘mirning kerakli manzilga yetib borishi uchun kim mas’ul?

ko

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Nukusda 1 mlrd. so‘mlik talon-taroj

Maʼlum qilinishicha, Nukus tumanida DXSH bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “N.A.” MCHJga ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmir oʻlchovdan oʻtkazilganida, MCHJ masʼul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd. soʻmlik jami 2 514 tonna koʻmirni talon-toroj qilgan.

Boshqalarga qimmat narxda sotilgan

Namangan viloyatida DXSH bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “O.D.” MCHJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln. soʻmlik 609,9 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat