$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Talabalar yo‘nalish tanlashda nimalarga e’tibor berishi lozim?

talaba

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ta’lim yo‘nalishlarini tanlash borasida muhim ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Yo‘nalish belgilangan muddatgacha tanlanmasa

Ayni kunlarda abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasalarini tanlash bosqichi davom etmoqda. Abituriyentlar my.uzbmb.uz portali orqali 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi. 

Talabalar nimalarni belgilaydi?

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim. Shu o‘rinda abituriyentlarga tanlov ustuvorligini belgilashda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etamiz.

Agar davlat granti ustuvor etib belgilansa

Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Ta’lim yo‘nalishi ustuvor bo‘lsa

Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Ta’lim shakli

Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.

Shu o‘rinda 10-avgustga qadar abituriyentlar my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinetlarida kiritgan tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega ekanliklarinini ham eslatib o‘tamiz.

Теги :
Jamiyat