Talabalar endi o‘qishni grant asosida ko‘chirishlari mumkin
Grant asosida tahsil oluvchi talaba qanday holatda o‘qishini yana grant holatida ko‘chirishi mumkinligi ma’lum qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

Talabalar endi o‘qishni grant asosida ko‘chirishlari mumkin
Grant asosida tahsil oluvchi talaba qanday holatda o‘qishini yana grant holatida ko‘chirishi mumkinligi ma’lum qilindi.
Grant asosida ko‘chirish
AOKAda o‘tkazilgan brifingda agar OTM yo‘nalishlari uchun ajratilgan bo‘sh grant o‘rni bo‘lsa, ta’lim muassasasidagi vaziyatdan kelib chiqib, talabaga grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, ko‘zi ojiz va nogironligi bor talabalarga ham grant asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Chet eldan ko‘chirish holatida
Amaldagi tartibga muvofiq, xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishni ko‘chirish uchun faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshiradi hamda maxsus sinov imtihonida ishtirok etib, o‘tish balini to‘plash talab etiladi.
O‘qishni ko‘chirish uchun qayerga ariza beriladi?
Respublikamizning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida o‘qishni ko‘chirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, arizani transfer.edu.uz tizimiga yuklaysiz.
Agar xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lsangiz, my.uzbmb.uz sayti orqali ariza topshiriladi.



