O‘zbekistonda ham o‘qib, ham ishlaydigan talabalar soni qancha?
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bunga doir statistikani taqdim etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 114 505 nafar talaba rasman ishlamoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Xususiymi yoki davlat?
Qayd etilishicha, davlat tashkilotlarida 62 691 nafar (54,7%), xususiy sub’ektlarda 47 878 nafar (41,8%), har ikkala sektorda esa 3 936 nafar (3,5%) talabalar faoliyat yuritmoqda.
Gender bo‘yicha
Ma’lumotlarga ko‘ra, jins bo‘yicha erkaklar 67 099 nafarni (58,6%) ayollar esa 47 406 nafar (41,4)ni tashkil qiladi.
Hududlar kesimida
Shuningdek, hududlar kesimida ular quyidagilarni tashkil etadi:
Toshkent shahri – 36135 nafar (31,6%);
Samarqand viloyati – 9931 nafar (8,7%);
Farg‘ona viloyati – 9779 nafar (8,5%);
Toshkent viloyati – 8927 nafar (7,8%);
Qashqadaryo viloyati – 8202 nafar (7,1%).



