Jahon tillari universitetining talabasi cho‘kib vafot etdi
Yaqinlarining xabar berishicha, marhumning jasadi sud tibbiy ekspertizasi uchun olib ketilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Aniqlanishicha, Jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi, 2004-yil 16-aprelda tug‘ilgan Muhammadali Ikramov Yakkasaroy tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalda cho‘kib vafot etgan.
Yaqinlarining xabar berishicha, marhumning jasadi sud tibbiy ekspertizasi uchun olib ketilgan.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot eʼlon qilinmagan.



