$
 12865.05
16.67
 13550.76
38.12
 116.73
-3.34
weather
+26
Кечаси   +14°

Ham o‘qib, ham ishlaydigan talabalar ichida erkaklar ulushi ko‘proq

Talaba

Bugungi kunda ishlaydigan talabalar orasida erkaklar ulushi ko‘proq. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Davlat tashkilotlaridami yoki xususiy?

“Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 115 601 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 62 125 nafari (53,7 %) davlat tashkilotlarida, 49 351 nafari (42,7 %) xususiy subyektlarda, 4 125 nafari (3,6%) ikkala sektorda ishlamoqda.

Rasman ishlovchi talabalar orasida erkaklar ulushi ko‘proq, 67 828 nafar (58,7 %). Ayolla resa 47 773 nafarni (41,3) tashkil qilmoqda.

Hududlar kesimida TOP—5

  • Toshkent shahri — 36 729 nafar (31,8%);
  • Samarqand viloyati — 9 961 nafar (8,6%);
  • Farg‘ona viloyati — 9 770 nafar (8,4%);
  • Toshkent viloyati — 8 943nafar (7,7%);
  • Qashqadaryo viloyati — 8 310 nafar (7,2%).
Теги :
Jamiyat