Tolibon tomonidan O'zbekistonga mineral xomashyolarni qayta ishlash zavodlari qurish taklifi berildi
Bu taklifga ko'ra, O'zbekiston Afg'oniston hududlaridagi neft, gaz, va mis konlariga sarmoya kiritishi mumkin bo'ladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro taklif
Afg'onistonda hozirgacha ham ko'plab foydalanilmayotgan tabiiy boyliklar, jumladan neft, gaz, mis va minerallar mavjud.
Bu borada O'zbekistonga xalqaro taklif berildi. Afg'onistonning muvaqqat hukumati taklifiga ko'ra, O'zbekistonga G‘azna va Hirot viloyatlaridagi neft, gaz va mis konlariga sarmoya kiritish hamda mineral xomashyoni qayta ishlash zavodlari yaratish imkoniyati beriladi.
Taklifga ko'ra uchrashuv
Bu haqda Bosh vazirning Iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Baradar Oxund raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, Aziziy ushbu taklif bilan O‘zbekistonga kelishi va mamlakat Kon va geologiya vaziri Bobur Islomov bilan uchrashuv o‘tkazishi kerak.
Bundan oldingi kelishuvlar
Aytib o'tish kerak-ki, bundan oldin ham Afg'oniston bilan kumush va temir rudalarini qazib olishda hamkorlik qilish haqida xabar berilgan edi.