$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

G‘arb olimlari butun dunyoni yaqinlashib kelayotgan global tahdiddan ogohlantirmoqda

iqlim

G‘arb olimlari butun dunyoni yaqinlashib kelayotgan global tahdiddan ogohlantirmoqda. Zero, 2024-yil me’yoriy o‘rtacha harorat 1.5 daraja ko‘tarilishi butun dunyo uchun jiddiy sergaklik qo‘ng‘irog‘idir.

Chang chiqindisi koʻpayadi

– Jamiyatda “Chiziq kesib o‘tildi va hech nima sodir bo‘lmadi”, qabilidagi odatiy kayfiyat hukmron bo‘lishi mumkin, – deydi Buyuk Britaniyadagi Ekseter universiteti sotsiologi, iqlim xavfini o‘rganuvchi olim Geyl Uaytmen.

Uning qo‘shimcha qilishicha, insoniyat xavfsizlik hududi hisoblangan chegaraga yaqinlashmoqda. Ekspert bu masala Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo‘lajak iqlim sammitida ko‘tarilishiga umid bildirdi.

Bir vaqtlar Yaponiyaning Nagoya universiteti olimlari Arktikaning qor va muzdan xoli hududlaridagi chang Shimoliy qutb iqlimini o‘zgartiradigan muhim omilligini aniqlagan edi.

Yangi tadqiqot ko‘rsatdiki, Arktika isishi bilan qor va muz eriyotgan hudud kengayib, chang chiqindisi ko‘payadi. Avvalroq olimlar Arktikada o‘rmon hosil bo‘lishi mintaqa muzi erishini tezlashtirishi mumkinligini aniqlagan edi.

Harorat keskin koʻtarilmoqda 

Global haroratni mustaqil kuzatib boruvchi bir necha xalqaro tashkilot birgalikda e’lon qilgan ma’lumot o‘tgan yil Yerdagi harorat 1850—1900-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1.55 °C yuqoriligiga ishora qilmoqda.

Kutilmaganda 2024-yildagi raqam issiqlik rekordi o‘rnatilgan 2023-yilga nisbatan ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Iqlimshunoslar ikki yil davomida harorat keskin ko‘tarilishi yoki Yerning iqlim tizimidagi o‘zgarish ehtimolini tekshirmoqda.



Теги :
Jamiyat