Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 75 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +8°

Kam ish haqi insonning erta o'limiga sabab bo'ladi

Tadqiqotchilar qashshoqlik va ishsizlik odamlarning umrini qisqartirishini isbotladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Kam ish haqi insonning erta o'limiga sabab bo'ladi

Maʼlum boʻlishicha, erta oʻlimga olib keladigan asosiy sabablar qatoriga past daromad yoki maoshning kamligi ham kiritilgan. Tadqiqotlarga ko'ra, kam daromad qiladiganlar sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini sotib ololmaydi. Bundan tashqari, tibbiy yordam olishga ularning qurbi yetmaydi. 

Amerika tadqiqoti

Amerikalik mutaxassislar shu maqsadda 1992–2004 hamda 1998–2010-yillarda ishlagan 4000 nafardan ortiq ishchining mehnat faoliyatini oʻrganib, 2018-yilda tadqiqot natijasini tahlil qilgan. Aniqlanishicha, dastur ishtirokchilarining 17,9 foizi “notoʻgʻri ish bilan taʼminlangan”. 9,1 foizi past daromadga ega. 32,2 foizi esa doimiy tarzda kam maosh oldi. Qolgan 58 foizi umrida biror marta oʻz mehnatidan kam pul topmagan.

Umumiy xulosa

Xulosaga koʻra, har yili yuqori maosh oladigan 10 ming nafar insondan 199 nafari turli sabablar bilan olamdan oʻtadi. Bu koʻrsatgich kam daromad qiladiganlardan qariyb 10 taga kam. Yaʼni, 10 ming nafar kam daromadlilardan 208 nafari hayotdan koʻz yumadi. Doimiy kam maosh oladiganlardan esa yiliga 275 nafari (har 10 ming nafardan) vafot etadi.

Oʻlim xavfi

Tahlil natijasi kam oylik oʻlim xavfini 1,35 foizga oshirishini isbotlagan. Hisob-kitoblar shuni koʻrsatadiki, doimiy qashshoqlik erta oʻlim xavfi va ortiqcha oʻlim bilan bevosita bogʻliqdir. Tahlilga tayangan tadqiqotchilar esa kam maosh oladiganlarning daromadlarini oshirish orqali jamiyatdagi ortiqcha oʻlimni kamaytirishi mumkin deb hisoblaydi.