$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi sohalarda tadbirkorlik subyektlari ko‘proq?

2024-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonda 402 802 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Ushbu subyektlar turli iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlariga taqsimlangan bo‘lib, fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalari tadbirkorlikda yetakchilik qilmoqda.

Savdo sektori yetakchi o‘rinda

Tadbirkorlik subyektlari orasida savdo sohasi yetakchilik qilmoqda. Bu sektorda 151 996 ta subyekt faoliyat ko‘rsatmoqda va bu raqam iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan ancha yuqori. Savdo sohasidan keyin sanoat sohasi kelmoqda — bu yo‘nalishda 63 947 ta subyekt faoliyat yuritmoqda. Uchunchi o‘rinda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sektori bo‘lib, unda 35 189 ta subyekt ish olib bormoqda.

Boshqa sohalardagi tadbirkorlik subyektlari soni

Qurilish sohasi ham faol tadbirkorlik sohalaridan biri bo‘lib, bu yo‘nalishda 30 548 ta subyekt ishlamoqda. Shuningdek, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 28 596 ta, tashish va saqlash sohasida 16 751 ta, axborot va aloqa sohasida 10 149 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida esa 9 785 ta subyekt faoliyat yuritmoqda. Boshqa turli yo‘nalishlarda esa 55 841 ta subyekt mavjud.

Tadbirkorlik uchun imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zbekistonda tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari va tarmoqlaridagi o‘sish mamlakatda iqtisodiy faollik va xizmatlar sifati oshib borayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, qurilish, yashash va ovqatlanish xizmatlari, axborot va aloqa, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida tadbirkorlik subyektlarining o‘sishi kuzatilmoqda.

Savdo sohasi eng katta ulushga ega bo‘lib, uning yetakchiligi boshqa sohalarga nisbatan tadbirkorlik uchun imkoniyatlarning kengayishini aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab tadbirkorlik subyektlarining faoliyat ko‘lami va xilma-xilligi iqtisodiy o‘sish uchun katta ahamiyat kasb etmoqda.

Теги :
Jamiyat