$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga barqarorlik reytingida ball beriladi

Tadbirkor

Tadbirkorlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlagani uchun barqarorlik reytingida ball beriladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xodimlar ulushiga qarab

Agar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar jami xodimlar ulushida 10—20 foiz bo‘lsa,5 ball; 20 foizdan ortiq bo‘lsa,10 ball beriladi.

Bunga: 

Ijtimoiy himoya yagona reyestri;

“Temir daftar”; 

“Ayollar daftari”; 

“Yoshlar daftari”; 

Nogironligi bo‘lgan shaxslar kiradi.

Qancha maosh toʻlash kerak?

Tadbirkorlar oyiga har bir xodimiga 1 MHTEKMdan ortiq (1 155 000 so'm) maosh toʻlashlari kerak.

Bugungi kunga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga olgani uchun 58 458 ta tadbirkorlarga rag‘batlantiruvchi ball berilgan.

Shuningdek, tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoatidagi ishlab chiqaruvchilar Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestridagi fuqarolarni ish bilan ta’minlaganda foyda soligʻi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 1foiz stavkada toʻlaydi.

Теги :
Jamiyat