$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi tabiiy gaz hisobini yuritish raqamlashtiriladi

tabiiy gaz

“O‘ztransgaz” AJ davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda korrupsiyaga qarshi kurashish va texnologik islohotlarni ilgari surmoqda. Ushbu loyihalar inson omilini kamaytirish, xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashda izchil va tizimli yondashuv

Prezidentimizning 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Shunday talablardan kelib chiqib, “O‘ztransgaz” AJ tomonidan ushbu qaror ijrosini ta’minlash ishlari izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda. Bu haqda “O‘ztransgaz” AJ komplayens-nazorati bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xolmirzayev shunday dedi:

Mamlakatimiz aholisi 2025-yil kirib kelishini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldi. O‘tgan yildagi natijalarni tahlil qilish va kelgusi rejalarni belgilash har birimiz uchun muhimdir. Bunday yondashuv ish samaradorligini yanada oshiradi.

Xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar

“O‘ztransgaz” AJ komplayens-nazorati bo‘limi tomonidan Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xavf-xatarlarni baholash ishlari amalga oshirildi. Natijalar “E-Anticor.uz” platformasiga joylashtirildi va jami 32 ta xavf-xatar aniqlandi, shundan 15 tasi yuqori darajali bo‘lib, tegishli choralar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda xavf-xatarlar xaritasi tasdiqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tabiiy gaz hisobini yuritishda 2 yangi loyiha

Ta’kidlash joizki, 2024-yil davomida tabiiy gaz hisobini yuritish maqsadida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu energiya resurslari va texnologik jarayonlarni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimi va tezkor dispetcherlik hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Ushbu loyihalar inson omilini minimallashtirish va hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar va raqamli islohotlar

Shuningdek, jamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar kengaytirildi. Barcha shartnomalarga manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha shartlar kiritilib, 61 kontragent tekshirildi. Tekshiruvlar davomida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan 5 kontragent bilan shartnomalar tuzilmagan.

2025-yilda raqamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, tabiiy gaz yo‘qotishlarni yanada qisqartirish, xavf-xatarlarni kamaytirish hamda ish jarayonlarini yanada shaffof qilish rejalashtirilgan. Yangi yilda jamoatchilik nazorati kuchaytirilib, ish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish maqsad qilingan.

Теги :
Jamiyat