$
 12054.03
18.81
 13932.05
16.93
 167.05
-0.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Kuniga qancha suv ichish kerak?

Suv

Katta yoshli erkaklar kuniga oʻrtacha 1,75 dan 2 litrgacha, ayollar 1,4 dan 1,6 litrgacha, bolalar (yoshiga qarab) 1 dan 1,6 litrgacha, oʻsmirlar esa bir oz koʻproq suv ichishlari kerak.

Suvni ovqatdan 15-30 daqiqa oldin ichish yeyilgan ovqatning toʻliq hazm boʻlishini ta'minlaydi.

Mutaxassislar fikri

 Organizmdagi suv balansini me'yorda ushlab turish uchun qancha suv ichgan ma'qul ekani haqidagi bahslarga duch kelib turamiz. Ayrim mutaxassislar 2 litr, boshqalari 3 litr, uchinchi guruh vakillari esa ehtiyojga qarab suv ichish kerak deb ta'kidlaydi.

 Aslida esa har kuni ichish uchun maqbul suv miqdori boʻyicha umumiy bitta ilmiy xulosaga kelinmagan. Bu markaziy asab tizimi va bir nechta boshqa organlarni oʻz ichiga olgan organizmdagi suvni tartibga solish tizimining murakkabligi, shuningdek, tananing individual xususiyatlari bilan izohlanadi.

Suvga boʻlgan ehtiyoj qanday omillarga bogʻliq?

 Insonning suvga boʻlgan ehtiyoji turli omillarga bogʻliq, ularning asosiylari:

 jismoniy faollik darajasi;

 atrof muhitdagi iqlim sharoitlari (harorat, namlik darajasi);

 umumiy salomatlik holati;

 vazn;

maxsus davrlar (homiladorlik va emizish).

Odamlar organizmi turlicha boʻlgani sababli, vazn, terlash, natriy yoʻqotish va iqlim sharoitlariga qarab ehtiyojlarini aniqlab olgani yaxshi.

Kunlik suv meʼyori erkaklar, ayollar va bolalarda

 Dietologlarning fikriga koʻra, oʻrtacha havo harorati va oʻrtacha jismoniy faollik sharoitida kuniga ichish kerak boʻlgan toza suv miqdorini bir kilogramm vaznga 20-40 ml formulasi boʻyicha hisoblash mumkin.

Shunday qilib, katta yoshli erkaklar kuniga oʻrtacha 1,75 dan 2 litrgacha, ayollar 1,4 dan 1,6 litrgacha, bolalar (yoshiga qarab) 1 dan 1,6 litrgacha, oʻsmirlar esa bir oz koʻproq suv ichishlari kerak.

 Bu oziq-ovqat tarkibidagi suvdan tashqari oʻrtacha hisob boʻlib, u har bir kishi uchun alohida tanlanishi kerak. Ekstremal sharoitlarda tanada kuniga taxminan 8000 mlgacha suv yoʻqotilishi mumkin va uni kerakli miqdorda suyuqlik va elektrolitlar (natriy, magniy, kaliy, kalsiy) bilan toʻldirib olish zarur.

Suvsizlanishning belgilari

 Ba'zida tanadagi suvning umumiy miqdori kamayishi yoki koʻproq suyuqlik yoʻqotilishi natijasida suvsizlanish yuzaga keladi.

Uning umumiy belgilari:

 ogʻiz boʻshligʻi, til va koʻzlarning quruqligi;

chanqash hissi;

bosh ogʻrigʻi;

charchoq.

 Tavsiyalar

 Koʻp odamlar kuniga yetarli miqdorda suv ichish borasida qiynalishadi. Bu borada kun boʻyi toʻgʻri suv ichishni odat qilib olishga va gidratsiya darajasini muvozanatda ushlab turishga yordam beruvchi ayrim maslahatlarni keltiramiz:

- ertalab uygʻonganingizdan soʻng darhol och qoringa bir stakan iliq suv (250 ml) iching;

- ichadigan suvingizni quyidagicha taqsimlab oling: tushlikdan oldin 500 ml, tushdan keyin kechki ovqatgacha 500 ml, ovqatlanayotganda bir stakan;

- har safar chanqaganingizda, hatto, kechasi ham (lekin yotishdan kamida 30 daqiqa oldin) suv iching.

 Dietologlar ovqatdan oldin, ovqat paytida va undan keyin muntazam tozalangan suv ichishni tavsiya qiladi. Suvni ovqatdan 15-30 daqiqa oldin ichish ideal variantdir. Bu yeyilgan ovqatning toʻliq hazm boʻlishini ta'minlaydi.

Теги :
Jamiyat