$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Suvdan "soqqa" qilganlar qo‘lga olindi

pulll

Suvdan "soqqa" qilganlar qo‘lga olindi

Ular artizan quduqlarini qazish uchun ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirib olishgan.

Suv uchun pulni o‘marganlar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "O.D." fermer xo‘jaligi rahbari S.U. va "E.B." MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirgan holda jinoyat sodir etganligi aniqlandi.

O‘zlashtirilgan 600 mln. kredit

Ular tijorat banki filialidan ajratilgan 600 mln so‘m kredit mablag‘ini pudratchi "E.B." MCHJga artizan quduqlarini qazish uchun o‘tkazishga erishib, amalda 1 dona artizan qudug‘ini qazish ishlarini qisman bajarishgan.

Ammo shundan so‘ng kredit mablag‘larini pudratchining hisob-raqamidan naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganlarlar.

Jinoyat ishi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat