O‘zbekiston aholisi qay darajada ichimlik suvi bilan ta’minlangan?
O‘zbekiston aholisining ichimlik suvi bilan qay darajada ta’minlanganligi viloyatlar va tumanlar kesimida aniq bo‘ldi. Bu haqdagi ma'lumotni “O‘zsuvta’minot” o'z sahifasida taqdim etdi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining ichimlik suvi bilan qay darajada ta’minlanganligi viloyatlar va tumanlar kesimida aniq bo‘ldi. Bu haqdagi ma'lumotni “O‘zsuvta’minot” o'z sahifasida taqdim etdi.
Eng yaxshi ko‘rsatkich poytaxtda
“O‘zsuvta’minot” tomonidan taqdim etilgan ushbu statistikaga ko‘ra, kutilganidek Toshkent shahrida ichimlik suvi yetkazib berish eng yaxshi yo‘l qo‘yilgan – 97,7 foiz. Undan keyingi eng yaxshi natija Andijon viloyatiga tegishli bo‘lib, 90,9 foiz aholi yashash hududlari toza suv bilan ta’minlangan. Uchinchi o‘rindagi Xorazmdagi ko‘rsatkichlar ham yuqoridagi raqamlarga ancha yaqin – 90,4 foiz.
Eng past ko‘rsatkichlar
Ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, aholining 59,4 qismi suv bilan ta’minlangan. Undan keyingi o‘rinda viloyatning yon qo‘shnisi bo‘lgan Surxondaryo 62,9 foiz natija bilan egallagan.
Boshqa hududlardagi raqamlar
Buxoro viloyatida – 73,2 foiz
Jizzax viloyatida – 70,4 foiz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 72,4 foiz
Farg‘ona viloyati – 79,4 foiz
Samarqand viloyati – 75,4 foiz
Namangan viloyati – 82,7 foiz
Sirdaryo viloyati – 86,9 foiz
Toshkent viloyati – 79,4 foiz.
100 foiz ichimlik suvi bilan qoplangan tumanlar
O‘zbekistonning 6 ta hududidagi tumanlar aholisi 100 foiz suv bilan ta’minlangan. Bular, Andijonda – Andijon, Xonobod va Qorasuv shaharlari; Buxoroda – Buxoro va Kogon shahri, Qorovulbozor tumani; Farg‘onada – Marg‘ilon, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari; Samarqandda – Samarqand, shahri; Toshkent viloyatida – Bekobod, Olmaliq, Ohangaron shaharlari hamda Toshkent shahrida – Uchtepa, Chilonzor, Yunusobod, Mirobod, Yakkasaroy, Olmazor va Shayxontohur tumanlari.



