$
 12962.98
14.88
 13377.80
-124.48
 123.68
2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston aholisining necha foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan?

Suv

Respublika aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi darajasi haqida ma’lumot berildi.

Aholining 80,9 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan

2025-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 80,9 foizni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich viloyatlar va shaharlar bo‘yicha farqlanadi.

Eng yaxshi ko‘rsatkich qaysi hududda?

Unga ko‘ra, markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan aholi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida – 98 foiz. Ikkinchi o‘rinda esa 91,9 foiz bilan Andijon viloyati turibdi. Hududlar kesimida eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida. Unga ko‘ra surxondaryoliklarnign atigi 70 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Qolgan hududlar bo‘yicha raqamlar:

·       Xorazm viloyati – 91,2 foiz

·       Sirdaryo viloyati – 87,6 foiz

·       Toshkent viloyati – 86 foiz

·       Namangan viloyati – 84,9 foiz

·       Farg‘ona viloyati – 81 foiz

·       Buxoro viloyati – 74 foiz

·       Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 74 foiz

·       Qashqadaryo viloyati – 74,2 foiz

·       Jizzax viloyati – 73,8 foiz

Bu raqamlar yetarli emas

Mazkur ma’lumotlar mamlakat hududlarida markazlashgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida yanada ko‘proq chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ichimlik suvi ta'minoti darajasi past bo‘lgan hududlarda infratuzilmani rivojlantirish dolzarb vazifa sifatida belgilanishi lozim.

Теги :
Jamiyat