$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

Sifatsiz ichimlik suvi uchun to‘langan mablag‘lar qayta hisob-kitob qilib berildi

suv

“Sirdaryo suv ta’minoti” AJ umumiy o‘rta talim maktablariga sifatsiz ichimlik suvi yetkazib berishi natijasida “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4,12,19-20-moddalarini buzgan.

6 ta MFYga sifatsiz suv mahsulotlari yetkazilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yana-da takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 25-sentyabrdagi PF-6074-son farmoniga muvofiq ichimlik suvi sifatini o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi zimmasiga yuklangan.

Shu maqsadda Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatining iste’molga yaroqliligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, ichimlik suvidan olingan namunalarni tekshirish natijasida Xovos tumanida jami 6 ta MFYda 1248 ta istemolchilarga hamda ushbu hududda joylashgan 17- va 6- sonli umumiy o‘rta talim maktablariga sifatsiz ichimlik suvi yetkazib berilib, O‘zbekiston Respublikasi “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 4,12,19-20-moddalari talablari buzilishi holatlari aniqlangan.

Majburiy ko‘rsatma

Oqibatda hududiy boshqarma tomonidan Sirdaryo suv ta’minoti” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi va shu bilan 2 mingdan ortiq istemolchilarning huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Avval ham viloyatda o‘xshash holat yuz bergan

Ma’lumot uchun, o‘xshash holat avvalroq Sirdaryo viloyatida yuz bergan edi. Unda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hududida “Binokor” MFY hududidan olingan namunalarni tekshirish natijdasida mazkur hududda iste’molchilarga iste’molga yaroqsiz ichimlik suvi yetkazib berilib, O‘zbekiston Respublikasi “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 4,12,19-20-moddalari talablari buzilganligi aniqlangan.

Natijada hududiy boshqarma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ish qo‘zg‘atilib, “Binokor” mahallasidagi 196 ta xonadonda 694 ta iste’molchiga bir oylik jami to‘lov 7 777 354 so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan va “Sirdaryo Suv ta’minoti”AJ tomonidan ushbu ko‘rsatma ijrosi ta’minlanib, yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘lar iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilib berilgan.