$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelgusi yilda 18 ta ichimlik oqova suv inshooti qurish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan

inshoot

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nodir Xojamov AOKAda o‘tkazilgan brifingda yil yakunlari bo‘yicha sarhisob va kelgusi yildagi rejalar haqida ma’lum qildi. Unga muvofiq, kelgusi yilda 18 ta ichimlik oqova suv inshootini qurish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

Xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida 21 ta loyiha tashkil qilingan

Ma’lum qilinishicha, korxona tomonidan bugungi kunda 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki, Fransiya taraqqiyot agentligi, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi kabi tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatilib, ular bilan hamkorlikda umumiy qiymati 2,2 milliard dollarga teng 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu mablag‘larning 1 milliard 400 million dollari yoki 63 foizi ichimlik suv tizimini, qolgan 800 million dollari yoki 37 foizi oqova suv tizimini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

O‘zlashtirilgan qarz mablag‘lari hisobidan 130 km uzunlikdagi oqova suv tarmog‘i tortilgan

Shuningdek, 2024-yilda Investitsiya dasturi doirasida 20 ta loyiha bo‘yicha jami 178 million dollar qarz mablag‘lari o‘zlashtirildi. Bunda, o‘zlashtirilgan mablag‘larning asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, SUEZ kompaniyasi hamda OPEK jamg‘armasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu mablag‘lar hisobidan joriy yilda jami 900 km ichimlik va 130 km oqova suv tarmog‘i tortildi.

O‘tayotgan yilda 8 ta loyiha doirasida 45 ta obyektlarda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘lari hisobidan Jizzax shahrida kunlik quvvati 30 ming kub metr bo‘lgan oqova suv tozalash inshooti, Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida umumiy kunlik quvvati 41 ming kub metr bo‘lgan oqova suv tozalash inshootlari ishga tushirildi.

Shuning bilan birga, 2025-yilda ham aholini ichimlik suv bilan ta’minlash va oqova suv xizmatlarini yaxshilash borasida xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

Kelasi yilda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda qanday ishlar amalga oshiriladi?

orasida xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

2025-yilda umumiy qiymati 21 ta loyiha bo‘yicha 434 million dollar qarz mablag‘lari o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu qarz mablag‘larini o‘zlashtirish hisobiga 950 km ichimlik va 150 km oqova suv tarmoqlari tortish, 18 ta ichimlik oqova suv inshootini qurish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.