Chiqindida harakatlanuvchi ilk avtomobil namoyish etildi
U 100 km/soat tezlikka 2,79 soniyada, 200 km/soat tezlikka 4 soniyada erisha oladi.
1 daqiqa o‘qiladi

U 100 km/soat tezlikka 2,79 soniyada, 200 km/soat tezlikka 4 soniyada erisha oladi.
Plastik chiqindida ishlovchi avtomobil
Bu avtomobilni Italiyaning "Bertone" kompaniyasi taqdim etdi.
Avtomobil sanoatida avvaliga benzin, gaz, elektr va endilikda plastik chiqindisida harakatlanuvchi avtomobil mavjud. GB110 superkarini plastik chiqindilardan qayta ishlangan sintetik yoqilg‘ida harakatlanadi.
Avtomobil imkoniyatlari
Ma’lumotlarga qaraganda avtomobil 1100 ot kuchiga ega bo‘lib, 5,2 litrli V 10 dvigateli bilan jihozlangan.
U 100 km/soat tezlikka 2,79 soniyada, 200 km/soat tezlikka 4 soniyada, avtomobil 12,9 soniyada esa 300 km/soat tezlikka erisha oladi. Kompaniya hozircha tezlik namoyishini o‘tkazmagan.
Avtomobilning maksimal tezligi esa 350 km/soat ekanligi ma’lum qilingan.
Maxsus yonilg‘i
Kompaniya "Select Fuel" bilan hamkorlikda polikarbonat materiallarni motor yoqilg‘isiga aylantirish texnologiyasini ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Yangi avtomobil esa bunday yonilg‘ida ishlovchi ilk giperkarga aylandi.
Ishlab chiqarish rejasi
"Bertone" GB110ning jami 33 nusxasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan, biroq giperkarning narxi ochiqlanmagan.



