$
 12076.18
20.37
 13995.09
-13.76
 169.47
0.41
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ilk bor “quyosh bolalari” ishlaydigan qahvaxona ochilishi mumkin

sunshine

Bugun Yakkasaroy tumanidagi 25-maktabda mehr va quvonchga boy xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Xalq deputatlari, Yakkasaroy tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar va qator tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. 200 nafarga yaqin mehmon tashrif buyurgan ushbu yarmarkada “quyosh bolalari” o‘zlari tayyorlagan ijodiy ishlar va qo‘l mehnati mahsulotlarini namoyish qildi.

“Quyosh bolalari” uchun maxsus barista xonasi ochildi

Tadbir davomida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar tahsil oladigan 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda zamonaviy kofe barista tayyorlash xonasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Endi bolalar bu yerda barista kasbini o‘rganib, jamoada ishlash va mustaqil hayotga tayyorlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Tadbir “O‘zbegim Development” va FTT bosh homiyligida, “Kanstik” hamda “Diplomat International School” hamkorligida tashkil etildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Belarusiya va Ozarbayjonda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar ishlaydigan qahvaxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorij tajribasi asosida yaqin kelajakda O‘zbekistonda ham shunday tashabbus yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti.

Bolalar mahsulotlari “Next” va “Riviera”da sotilishi mumkin

O‘zLiDePning Yakkasaroy tumani deputati Baxtiyor To‘xtayevning aytishicha, homiylar tomonidan bolalar tayyorlagan mahsulotlarni sotish uchun “Next” va “Riviera” savdo markazlarida doimiy maxsus rastalar tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Теги :
Jamiyat