$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijonda 3 nafar farzandning onasi onlayn qimordan qarzdorligi oqibatida o‘zini o‘ldirgan

Suitsid

Asaka shahrida 28 yoshli ayol onlayn qimorda qarz bo‘lib, o‘zini o‘ldirgani aniqlandi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qimorning kasofati

Ma’lum qilinishicha, u tumandagi shifoxonada hamshira bo‘lib ishlagan. 3 nafar farzandning onasi 1,5 yashar kenja farzandini tarbiyalayotgani sababli mehnat ta’tilida bo‘lgan. Marhuma onlayn qimorga avval 3 million tikkan, alaloqibat, jami 15 million so‘m qarzga kirib ketgan. Yaqin atrofdagi soyga o‘zini otishidan biroz oldin o‘zini o‘ldirishi haqidagi ovozli xabarni qarindoshiga yuborgan.

Ayolning uyida hech qanday oilaviy muammolar bo‘lmagan

“Seni aytganingni qilmay 3 million pulni tiktim, tanishimdan olib yana tiktim. Yana meni 11 million qarzga tiqib qo‘yishdi. Endi qaytarishga buncha pulim yo‘q. Topib bergan taqdirimda ham butun umr dashnomga qolib ketaman. Ana endi oxirgi choram bu dunyodan o‘tish. Meni kechiringlar”, — deb xabar qoldirgan ayol. “Ayolning uyida hech qanday oilaviy muammolar bo‘lmagan. Oilasi ham namunali oilalardan edi”, - deydi mahalla faollaridan biri. Qaynonaning so‘zlariga ko‘ra, oilada puldan muammo bo‘lmagan.

Kelinimni yomonlamayman, 7 yil xizmatimni qildi

“Aptekaga ketyapman deb men bilan gaplashib chiqib ketdi. Uyda hech qanday kelishmovchilik ham bo‘lmagandi. Shu telefonidagi narsaga chuqurlashib ketganmi bilmayman. Lekin uni yomonlamayman, chunki 7 yil xizmatimni qilgan kelinim. Qanday bu narsaga kirib qolgan biz ham bilmay qoldik”, — deb aytgan ayolning qaynonasi. Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nega qimorboz joniga qasd qiladi?

Onlayn qimor tufayli joniga qasd qilish holatlari dunyo bo‘ylab jiddiy muammo bo‘lib kelmoqda. Dunyo bo‘ylab onlayn qimor sabab joniga qasd qilayotganlarning soni yuqori. Ammo raqamlar ochiqlanmaydi, xususan, O‘zbekistonda ham. Ammo Buyuk Britaniyadagi oxirgi tadqiqotga ko‘ra, britan ludomanlarining 19 foizi o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylagan, 5 foizi esa haqiqatan ham urinib ko‘rgan. Qimorbozlarning asosiy qismi yutqizgan pullarini qanday qaytarish, qarzlaridan qutulishdan ham ko‘ra atrofdagilar oldida his qilinadigan uyat hissi tufayli suitsidga qo‘l uradi. Ma’lumot uchun, Prezident farmoni bilan 2025-yildan 1-yanvardan internetda qimor o‘yinlari va bukmekerlik faoliyati qonuniylashtiriladi.