$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishga qabul qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkaziladigan paytning nomzodlarga ta’siri qanday?

HR bilan intervyu

Ishga qabul qilish bo‘yicha suhbatlarga tayyorlanayotganda, uni ertalabki vaqtda o‘tkazish afzal ekanini ko‘p aytishadi. Bu gapning ilmiy asoslari ham bor. Mutaxassislar suhbatlarda ertalab o‘tkazilgan suhbatlarda nomzodlar odatda yuqori baholanishi va ishga qabul qilinishi ehtimoli oshishini ta’kidlashmoqda

Ertalab o‘tkazilgan suhbatlarda ishga olinish koeffitsiyenti yuqori

Ma’lum qilinishicha, minglab suhbatlar tahlil qilingan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ertalab o‘tkazilgan suhbatlarda nomzodlar odatda yuqori baholanadi va ishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. 

Buning sabablari bir nechta. Birinchidan, ish kunining boshida HR mutaxassislar tetik va diqqatli bo‘ladi. Kun o‘rtasiga kelib, ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgan va ma’lumotlar bilan ishlagan xodimlar charchab, qaror qabul qilishda subyektivlikka moyil bo‘ladi. Ikkinchidan, kun oxiriga yaqin nomzodlar boshqalar bilan solishtiriladi, bu esa birinchi nomzodlarga qaraganda imkoniyatlarni kamaytiradi. Ertasiga birinchi suhbatni o‘tkazgan nomzodlar esa qayta-qayta taassurot qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

“Qaror charchog‘i”

Psixologiyada “qaror charchog‘i” degan tushuncha bor. Buning manosi shuki, kun davomida ko‘plab qarorlar qabul qilish oqibatida odamlar kunning oxiriga yaqin o‘z qarorlarini yengillik bilan yoki hatto noto‘g‘ri qabul qilishga moyil bo‘ladi. Bu esa ertalab suhbatni o‘tkazishni yanada samarali qiladi. 

Shuningdek, har qanday vaqtdagi suhbatda professionalizm va tayyorgarlik asosiy ahamiyatga ega. Ertalab suhbatda ishtirok etganda, bu vaqtdan maksimal foydalanishga harakat qilish kerak. Isbotlangan narsa esa — birinchi taassurot hamma narsani hal qiladi. 

Теги :
Jamiyat