$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Sudyalar oliy kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi

judgees

Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilish qisqa tanaffuslar bilan 6 soat davom etdi.

Prezident qarori qabul qilindi

21-iyun kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Muhokama yakunida Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga asosan:

 Muzaffar Zafarovich Kukiyevni besh yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi a'zosi – Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga;

 Xudoyqul Tojiyevich Azizov, Askarjon Boyisovich G‘afurov va Ahrorxon Muminovich Xashimxonovni besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a'zosi lavozimiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Sudyalar oliy kengashi a'zolarining vakolat muddati

Ma’lumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining oʻn sakkiz nafar a'zosi boʻlib, ularning oʻn bir nafari oʻz faoliyatini doimiy asosda, yetti nafari jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Sudyalar oliy kengashining barcha a'zolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi

Shuningdek, 21-iyun kuni Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tgan. Unda Kengash vakolatiga doir qator masalalar, xususan, ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlash, vakolat muddati yakuniga yetganlarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Qisqa tanaffuslar bilan olti soatdan ko‘proq davom etgan jarayon yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilingan.

Lavozimidan ozod etilgan sudyalar

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

•  Firuzjon Yodgorov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Ozodjon Novruzov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Dilfuza Murodova – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Yashin Omonov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Narzulla Muratov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Shavkat Tavbayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlansin va shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• G‘olibjon Vohidov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Anvar Shukurov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Zuhriddin Mavlonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Samad Suvonqulov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Alisher O‘ralov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Otabek Mustafayev – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Furqat Rahmonov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Mirzoxid Xayitov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Egamnazar Abdullayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi:

• To‘lqin Abdiraimov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Otabek Karimov – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Suyun Bo‘tayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

• Sanjar Qo‘chqarov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Shoxdiyor Shermatov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Asror Mahammadiyev – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Farrux Amanov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

• Dilshodjon Ubaydullayev – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Yangi sudyalar tayinlandi

Shuningdek:

• Fazliddin Allayorov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

• Elvira Xamrayeva – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

• Behzod Shermatov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

• Bahrom Berdiyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi lavozimiga;

• Xayrullo Abdullayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

• Ulfat Homidov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati Samarqand shahar iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

• Sarvar Qulto‘rayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

• Bekzod Jumayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

• Asqar Mamaraimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

• Xanjar Hakimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;

• Qodirjon Tojimatov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

• Nabi Rayimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Теги :
Jamiyat