$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Hokim o‘g‘lini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” mukofotini oldi

Sudya

200 mln. so‘mdan oshiq elektr tokini o‘g‘irlagani uchun 2,5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Pop tumani hokimi o‘g‘li G‘ulom Sultonovni apellyatsiya instansiyasida sud zalidan ozod qilgan sudya Avazbek Inomov “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi, deb yozmoqda “Fayzbog‘” Telegram kanali.

Sudyalar oliy kengashining qayd etishicha, mukofotlangan sudyalar 2024-yil yakunlari bo‘yicha faoliyatida alohida o‘rnak va namuna ko‘rsatgan hamda yuqori reyting ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.

Hokim o‘g‘lining talon-taroji

G‘ulom Sultonov o‘zi rahbar bo‘lgan Uychi tumanidagi “Jiydakapa baraka chorva” fermer xo‘jaligiga qarashli chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash sexini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasini yashirin ravishda talon-toroj qilganlikda ayblangan. Zarar miqdori 200 mln. 326 500 so‘mni tashkil qilgan.

Sudya uni sud zalidan darhol ozod qilgan

Sudlanuvchi JIB Uychi tuman sudi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdorda o‘g‘irlik qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 2-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ammo keyinroq apellyatsiya instansiyasida hukm o‘zgartirilishi natijasida sudlanuvchiga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi 3-yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga o‘zgartirilgan. Mahkum sud zalidan darhol ozod etilgan. O‘sha kuni aynan Avazbek Inomov sudyalik qilgan.

Sudyaning ishi qayta ko‘rib chiqildi

Shundan so‘ng G‘ulom Sultonov ishi Namangan viloyat sudida taftish instansiyasida ko‘rib chiqildi. Chiqarilgan ajrimga asosan, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi bekor qilinib, Sultonovga nisbatan birinchi instansiya sudi chiqargan hukm o‘z kuchida qoldirilgan. Ya’ni u 2,5-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Теги :
Jamiyat