Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

O‘zbekiston sud ekspertizasi sohasida MDH davlatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Bu haqda Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sud ekspertizasi sohasida MDH davlatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Joriy yil 10-iyuldagi PQ-214-sonli “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qildi.

Sud-ekspertlik masalasi 22-moddada

Belgilanishicha, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq MDH ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Hujjat 2023-yil 13-oktyabrda Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Bundan maqsad nima?

MDH ishtirokchi-davlatlarda sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi sheriklikni rivojlantirishning asosiy maqsadi ob’yektiv ilmiy asoslangan ekspertizalar va ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda o‘z davlatlari manfaatlarini himoya qilish muammolarini hal qilishdan iborat.

Xalqaro tashkilotlar va ularning tuzilmalari bilan konstruktiv hamkorlik

Muvofiqlashtiruvchi Kengash MDHning tarmoq hamkorligi organi sifatida sud ekspertizasi organlarining sud-ekspertlik faoliyatida o‘zaro hamkorlik hamda xalqaro tashkilotlar va ularning tuzilmalari bilan konstruktiv hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.

Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilangan.