$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

15 sutka va 3,4 mln. so‘m: Burqadagi yigitga hukm o‘qildi

суд sud

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda poytaxt sudlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yigit 22 yoshda

20-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) Shayxontohur tumani sudida 22 yoshli yigitga yigitga oid ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Sud yigitga avvalroq qo‘yilgan ayblovlar — 195- (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) hamda 184−4-moddalari (Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda bo‘lish)ni asosli deb topdi.

194-modda 1-qismini (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) esa ortiqcha rasmiylashtirilgan deya hisobladi. Sababi bu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni yuqoridagi 195-modda o‘zida aks ettirgan.

15 sutka va 3,4 mln. so‘m

Sud hukmi bilan yigitga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq va BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m) miqdorida jarima belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun kuni yigit “Chorsu” bozori oldida qora ro‘mol kiyib, shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgani uchun ushlangandi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olish chog‘ida yigit huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan.

“Fuqaro yoshligidan ayollar kiyimiga qiziqib, ko‘chada ayollarga o‘xshab mayin ovozda gapirgan, vaqti-vaqti bilan burqa va hijob kiyib yurgan”, - deyiladi xabarda. (https://uz24.uz/uz/articles/wrapped-6-20)