$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Fuqaro Prezident Administratsiyasini sudga berdi

sud

Fuqaro Zarnegul Mamuto‘va Prezident Administratsiyasiga nisbatan ishga tiklanish talabi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga murojaat qildi. 

Tarixiy sud ishi

Bu kabi yuqori darajadagi davlat organlariga qarshi da’vo arizasi amalda kamdan-kam uchraydi va sud tizimining ochiqligi hamda fuqaro huquqlari himoyasi borasida yangi bosqichni ifodalaydi. Sud jarayoni ertaga bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaziyatni huquqshunos advokat Saidali Muxtoraliyev sud tizimiga bo‘lgan ishonchning ortib borayotganidan dalolat sifatida baholadi: “Odamlarda sudga bo‘lgan ishonch asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham ortmoqda. Prezident Administratsiyasini sudga berish kamdan-kam kuzatiladigan holat, ammo bu tizimning ochiqligiga ishora qiladi.”

Теги :
Jamiyat